Video darslar, lug'at, o'yinlar, tinglash, testlar va o'quv rejasi. Kompyuterda ham, telefonda ham bir xil ishlaydi.



Har mavzuni ustoz o'zbek tilida, misollar bilan tushuntiradi.

Har darsning o'z so'zlari bor: rasmi, o'qilishi va ovozi bilan.

So'zlarni zerikmasdan takrorlash uchun to'rt xil o'yin.

Gapni eshitib, rus tilida yozasiz. Quloq ham, imlo ham birga o'sadi.

Har dars test bilan, har modul nazorat imtihoni bilan yakunlanadi.

Qachon va qancha o'qishni o'zingiz belgilaysiz. Reja kalendarda ko'rinadi.


Har qadam uchun XP, ketma-ket kunlar uchun olov, katta natijalar uchun medal.

Ko'rasiz, yodlaysiz, o'ynaysiz, tinglaysiz va o'zingizni tekshirasiz. Hammasi bitta darsning ichida.


Kursdagi o'yinlardan biri. So'zni eshiting va to'g'ri rasmni tanlang.
1 / 4 · Qaysi rasm?

Darsdan tashqari o'quvchiga yordam beradigan hamma narsa.
Natijangizni baholaydi va keyingi qadamni tavsiya qiladi. Ma'lumotlaringiz tashqi xizmatlarga chiqmaydi.
Kursni tugatganda sertifikat olasiz, uni istalgan kishi QR kod orqali tekshiradi.
Ustozga yozasiz, savol yoki muammo bo'lsa yordam markaziga murojaat qilasiz.
Ikki panda yutuqlarni olqishlaydi, darsni eslatadi va kayfiyat beradi.
Interfeys o'zbek, rus va ingliz tilida; yorug' yoki tungi ko'rinishni tanlaysiz.
Parol kerak emas: raqamingizga kelgan kod bilan kirasiz.
Yangi yutuq, javob yoki eslatma — hammasi bildirishnomalarda.
Ro'yxatdan o'tmasdan birinchi darsni ko'rib chiqasiz.
Bosh sahifadagi yo'l xaritasi o'tilgan darslarni va keyingisini ko'rsatadi. Bir bosish bilan davom etasiz.

